2022-yil 17-18-noyabr kunlari Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlik, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorligida “Energiya-yer-ekologiya-muhandislik” mavzusida O‘zbekiston-Yaponiya xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.
Anjumanda O‘zbekiston, Yaponiya, Xitoy, Germaniya va Belarusiyaning energetika, yer, ekologiya va muhandislik sohalaridagi yetakchi olimlar, mutaxassislar va talabalar ishtirok etdilar. Konferensiyada 100 dan ortiq olimlar, mutaxassislar va talabalar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Anjumanda turli mamlakat va xalqaro tashkilotlarning yetakchi olimlari, mutaxassislar va talabalari ma’ruza qildilar, jumladan Kyushu universiteti professori Xideki SHIMADA (Yaponiya), Yokohama milliy universiteti professori Mamoru KIKUMOTO (Yaponiya), Tokio texnologiyalar instituti professori Masahiro MIYAUCHI (Yaponiya), Tsukuba universiteti professori Junpei KUWABARA (Yaponiya), Teikyo instituti professori Toshihisa UEDA universiteti (Yaponiya), Meiji universiteti professori Hajime WAGATA (Yaponiya), Akita universiteti professori Xiroyuki KOSUKEGAVA (Yaponiya), Keio universiteti professori Tomoaki OKUDA (Yaponiya), Tokio tadqiqot universiteti professori Kenichi KATSUMATA (Yaponiya), Vuxan texnologiya universiteti professori Xiyuan YANG (Xitoy), Belarusiya davlat texnologiya universiteti professori Olga ZALYGINA (Belarus), Yokohama milliy universiteti doktoranti Sherzod ALLAEV (Yaponiya), Akita universiteti magistranti Rino IKEDA (Yaponiya) va boshqalar o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etdilar, dolzarb masalalarni muhokama qildilar va o‘zaro fikr almashdilar.
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida O‘zbekiston-Yaponiya xalqaro konferensiyalarini tashkil etish har yili an’anaga aylangani quvonarlidir. Kelgusi yilda ham Yaponiyaning yetakchi mutaxassislar ishtirokida shunday tadbir o‘tkazishga bir ovozdan qaror qilindi. Ushbu konferensiya natijalari o‘zbek va yapon olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekistonda barqaror energiyani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda yangi ilg‘or texnologiyalarni sanoatga qo‘llash jarayonini tezlashtirishga xizmat qilishiga ishonamiz.