Bugun, 2023-yil 4-oktabr kuni Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston-Yaponiya innovatsiyalar markazi va Yoshlar o‘rtasida o‘zaro akademik almashinuv doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
UJICY direktori janob Niyazbekov Saidmurod va RIENCT direktori janob Baxtiyor Po‘latov o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari va birgalikdagi faoliyat mavzusini muhokama qildilar.
Ushbu uchrashuv davomida ikkala tomonlar hamkorligida atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish bo’yicha muammolarni hal qilish, yangi texnologiyalar ishlab chiqish, ma’lumotlar almashinuvini yo’lga qo’yish, o’zaro tajriba almashish, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ilmiy-amaliy seminarlarni tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.