Bosh sahifa/Yangiliklar/JGC kompaniyasiga tashrif

JGC kompaniyasiga tashrif

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bosh direktori Farhod Jumayev, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Sardor Donayev hamda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Saidmurad Niyazbekovlar “Tadqiqot institutlarini boshqarishda innovatsion yondashuv” loyihasi doirasida Yaponiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya a’zolari Yaponiyaning JGC kompaniyasiga tashrif buyurdi. JGC kompaniyasining maqsadi: “Odamlar va yer salomatligi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va ikkalasiga ham g‘amxo‘rlik qilish orqali biz farovon kelajakni yaratamiz” degan g‘oyadan iborat. JGC kompaniyasi umumiy muhandislik, funksional materiallar ishlab chiqarish va konsalting kabi biznes faoliyati orqali dunyoning tobora murakkab va qiyin bo'lgan muammolarini hal qilishga hissa qo'shish istagini aks ettiradi.

JGC kompaniyasi texnikasi bilan ularning tajribasi o‘rganildi va bu olingan tajriba yo‘nalishlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonlik mutaxassislarni malaka oshirishga jo‘natish mavzularida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.  Kelgusida hamkorlik qilish shartlari ham ko‘rib chiqildi.

1

2

3