Home/Новости/Kinki (Kindai) universitetiga tashrif

Kinki (Kindai) universitetiga tashrif

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bosh direktori Farhod Jumayev, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Sardor Donayev hamda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Saidmurad Niyazbekovlar “Tadqiqot institutlarini boshqarishda innovatsion yondashuv” loyihasi doirasida Yaponiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya a’zolari Yaponiyaning Kinki universitetiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kinki universiteti Yaponiyadagi xususiy universitet bo'lib, 1925-yildan buyon mustaqil ravishda faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, universitet o'z mamlakatida va jahon reytingida muvaffaqiyatli o'rinlarni egallab kelmoqda. Universitet baliqchilikni rivojlantirish yo‘nalishida asosiy bilimlarga ega. Kelajakda mazkur yo‘nalishda hamkorlik qilish ham ko‘rib chiqildi. UJICY O‘zbekiston va Yaponiyani bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini bajaradi.

1

2

3

4

UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi