Bosh sahifa/Новости/KONCHILIK SOHASINING TANIQLI XORIJIY VA MAHALLIY OLIMLARI ISHTIROKIDA XALQARO SEMINAR TASHKIL ETILDI

KONCHILIK SOHASINING TANIQLI XORIJIY VA MAHALLIY OLIMLARI ISHTIROKIDA XALQARO SEMINAR TASHKIL ETILDI

Unda Oʻzbekiston, Yaponiya, Mongoliya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston davlatlaridan konchilik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan taniqli olimlar hamda ularning shogirdlar oʻzlarining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir Yaponiyaning ilm-fanni targʻib qilish jamiyati (JSPS) “Core-to-core” dasturi asosida tashkillashtirilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi mineral xom ashyolarni qayta ishlash sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan muassasalarni bir maqsadda birlashtirish, chiqindisiz texnologiyalarini ishlab chiqish hamda uglerod gazi miqdorini kamaytirishga qaratilgan texnologiyalarni yaratishga qaratilgan.

Yaponiyaning Akita universiteti professor Atsushi Shibayama rahbarligida olib borilayotgan ushbu dastur ilk bor Oʻzbekistonda tashkillashtirilgani oʻzbek olimlarining ishlanmalari jahon miqiyosida oʻz oʻrni borligini anglatadi.

Seminarda geologiya, konchilik ishi, mineral xomashyolarni qayta ishlash hamda metallurgiya sanoati doirasida ilgʻor xorijiy texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni muhokama qilish, ulardan foydalanish imkoniyatlarini baholash, sohada malakali kadrlar tayyorlash muammolarini hal qilish boʻyicha ilmiy xulosa va takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir dasturiga muvofiq seminar ishtirokchilari “Olmaliq KMK” AJ, “Angren quvur zavodi” hamda Angren koʻmir koni bilan tanishib, istiqbolli ishlanmalar yechimi borasida oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.

photo_2023-10-20_18-53-30

photo_2023-10-20_18-53-33

photo_2023-10-20_18-53-43

photo_2023-10-20_18-53-35

photo_2023-10-20_18-53-49

UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi