2022-yil 26-aprel kuni O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi xodimlari “Maksam-Chirchiq” AJ ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurishdi. “Maksam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan biri boʻlib, unda 40 dan ortiq turdagi mahsulotlar (mineral oʻgʻitlar, smolalar, katalizatorlar, ammiak va boshqalar) ishlab chiqariladi. Tashrif davomida katalizatorlar yaratish, universitet ilm-fani va ishlab chiqarishini integratsiyalash, shuningdek, yoshlar ishtirokidagi boshqa qo‘shma loyihalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.