Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktorining taklifiga binoan, 2024-yilning 24-iyun kuni Germaniyaning Frayberg Konchilik Akademiyasi Cho‘yan va po‘lat texnologiyalari instituti direktori, professor Olena Volkova boshchiligida bir guruh tadqiqotchilar, xizmat safari bilan Markazga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida, Markaz bilan imzolangan Anglashuv Memorandumidagi vazifalar muhokama qilinib, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, mahalliy mutaxassislarni Germaniyada qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish, stajirovka, magistratura hamda doktoranturada o‘qishlarini tashkillashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, metallurgiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda doktorantura tadqiqotchilari uchun, seminar mashg‘uloti tashkil etilib, bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar natijasida erishilgan Germaniya texnologiyalari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Markazda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hamda laboratoriyalardagi zamonaviy jihozlar bilan tanishishdi. Mehmonlar joriy yilning 24-iyundan 2-iyulga qadar yurtimizda bo‘lib, rejaga muvofiq bir qator metallurgik korxonalarga tashrif buyurishadi. Qo‘shimcha qilib shuni aytish joizki, Fraiberg Konchilik Akademiyasi QS xalqaro reytingida TOP 380 o‘rinni, fan kesimida esa dunyoda 22 o‘rinni egallaydi.