O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (UJICY) hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan, 2023-yil 14-noyabr kuni mahalliy konchilik va metallurgiya korxonalari vakillari bilan onlayn uchrashuv yakuni bo‘yicha korxonalar bilan bevosita uchrashuvlar tashkillashtirishga kelishib olindi. 2023-yil 28-noyabr sanasida “Olmaliq KMK” AJ mutaxassis xodimlari UJICYga tashrif buyurgan holda markaz ilmiy salohiyati bilan tanishishdi. Uchrashuv davomida kombinat xodimlarini birlamchi Markazda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va istiqbolda Yaponiya davlatida qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
“Olmaliq KMK” AJ vakillari bilan korxona ishlab chiqarish sektoridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdagi ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, “Olmaliq KMK” AJ mutaxassis xodimlari malakasini Markazda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va istiqbolda Yaponiya davlatida qo‘shimcha malaka oshirish kurslariga yo‘naltirish. hamda “Olmaliq KMK” AJ, Yaponiya va Markaz birgalikda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.