Joriy yilning 31-yanvar kuni O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Saidmurad Niyazbekov va Markaz jamoasi mutaxassislari Namangan muhandislik-qurilish institutiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv doirasida Yaponiyaning nufuzli universitetlarida oʻqituvchilar malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish, sohaning yetuk olimlarini ma’ruzalar uchun taklif etish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda birgalikda Yaponiyaning nufuzli fondlariga loyihalar tayyorlash bo‘yicha kelishib olinib, ikkala tomon oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yangi memorandum orqali har ikki tomon bir-birining tajribasidan foydalangan holda rivojlanish va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini kelajakda kengaytirishni kelishib oldilar.