Bosh sahifa/Yangiliklar/O‘zbekiston- Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va Qo‘qon universiteti bilan o‘֥zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston- Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va Qo‘qon universiteti bilan o‘֥zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

1 (2)  

 

Markaz direktori Saidmurad Niyazbekov va Markazning kichik ilmiy xodimi Berdax Daniyarov, shuningdek, “SATREPS” vodorod loyihasining JICA mutaxassisi Yukinori Yanagida Qo‘qon universitetiga tashrif buyurdilar.

Avval, Universitet kampusida joylashgan professor-o‘qituvchi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. So‘ngra, talabalarga mustaqil ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Markazimiz xodimlari Axborot kutubxona markaziga tashrif buyurdilar. Shuningdek, Qo‘qon universitetining auditoriyasida professorlar, o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun Markaz faoliyati va tadqiqotlari, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhit haqida taqdimot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida Yaponiyaning nufuzli universitetlarida oʻqituvchilar malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish, sohaning yetuk olimlarini ma’ruzalar uchun taklif etish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda birgalikda Yaponiyaning nufuzli fondlariga loyihalar tayyorlash bo‘yicha kelishib olindi.

Tanishuvlardan keyin universitet va Markaz o‘rtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

_S7A2793

_S7A2868

_S7A2861

_S7A2871

IMG_20250130_233831_708~2