O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (UJICY) hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan, 2023-yil 14-noyabr kuni mahalliy konchilik va metallurgiya korxonalari vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkillashtirilgan.
Onlayn uchrashuv yakunlari bo‘yicha: “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiyuran” DK korxona mutaxassis xodimlarini markaz imkoniyat va sharoitlari bilan yaqindan tanishish uchun bevosita uchrashuv o‘tkazishga kelishib olingan edi.
2023-yil 22-noyabr sanasida “O‘zmetkombinat” AJ mutaxassislari UJICYga tashrif buyurib, dolzarb texnik muammolarni hal qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Uchrashuv kun tartibiga ko‘ra ikki masalala yuzasidan muzokaralar olib borildi. Xususan, “O‘zmetkombinat” AJ mutaxassis xodimlari malakasini markazda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va istiqbolda Yaponiya davlatida qo‘shimcha malaka oshirish kurslariga yo‘naltirish. Kombinat va markaz o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik doirasida quyidagi mavzular bo ‘yicha rejalar muhokama qilindi:
- rux qoldiqlarini qayta ishlash,
- ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Uchrashuv yakunlari yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqilishiga kelishib olindi.