Bosh sahifa/Новости/UJICY “Shaharni barqaror rivojlanishiga qaratilgan Yapon texnologiyasi, tizimi va innovatsiya” doirasida simpozium o'tkazdi.

UJICY “Shaharni barqaror rivojlanishiga qaratilgan Yapon texnologiyasi, tizimi va innovatsiya” doirasida simpozium o'tkazdi.

Bugun 2023-yil 4-dekabr kuni UJICY “Shaharni barqaror rivojlanishiga qaratilgan Yapon texnologiyasi, tizimi va innovatsiya” xalqaro simpoziumini o‘tkazdi. Ushbu simpozium Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, JICA va UJICY bilan hamkorlikda tashkil etildi.

UJICY Yaponiyadan kelgan tajribali ekspertlar jumladan, Yokohama Milliy Universiteti Shahar Innovatsiyalari Instituti professori doktor Akira Xosoda va Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) katta maslahatchisi doktor Toshiaki Yokoi kabi mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Simpozium davomida, ishtirokchilar, Dr. Tatsuya Azuhata hamda Bunichiro Shibazaki janoblari, Yaponiyaning Qurilish Tadqiqotlari Institutidan Zoom orqali qatnashdilar hamda Inson Resurslarini Rivojlantirish dasturi haqida so‘zladilar.

Yaponiya o‘tmishida kuchli zilzilalar ko‘p bo‘lganligi sababli, yapon mutaxassislari bu borada chuqur bilimga ega bo‘lib, O‘zbekistondagi farovon va barqaror shahar rivojlanishini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

1

2

3

4

5

UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi