5-sentyabr, 2023-yil, O’zbekiston-Yaponiya Yoshlar Markazi (UJICY) Yaponiyaning Kyushyu Universitetidan delegatsiyani qabul qildi va ular bilan Vodorod Energiyasini ishlab chiqish bo’yicha qo’shma tadqiqotlar haqida qizg’in muhokamalar bo’lib o’tdi. Ushbu qo’shma tadqiqot global muammolarni hal etishga qaratilgan Yaponiya fondi bo’lgan SATREPS loyihasi orqali amalga oshiriladi. Kyushyu Universitetining uch nafar professori Vodorod ishlab chiqarish uchun sanoat chiqindilari va tashlandiq neft quduqlaridan foydalanishning yangi usuli taklifini kiritdi. UJICY ning mazkur loyihasida O’zbekiston Milliy Universiteti, Navoiy Davlat konchilik va texnologiyalar Universiteti va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari tadqiqot Institutidan mahalliy yosh tadqiqotchilar ishtirok etadilar. Ushbu loyiha 5 yil davom etadi.