Bugun, 2023-yil 5-dekabrda, UJICY geologiya va tog‘-kon sanoati, atrof-muhit, energetika, materialshunoslik va kimyo sohalarida ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha yetakchi bo‘lgan xalqaro ekspert va korxonalarni ushbu dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish imkoniyati uchun taklif qildi.
Konferensiyaning 1-qismida, yapon professorlari va innovatsion tashkilot mutaxassislari bilan birga Filippin va Tojikiston, O’zbekiston hamda Xitoydan ko’plab taniqli professorlar ishtirok etdilar.
Tushlikdan so’ng, konferensiyaning ikkinchi qismida Toshkent DAvlat Texnika Universiteti, O’zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Kimyo Texnologiya Instituti, hamda Toshkent Davlat Texnika Universitetning Olmaliq filialidan tadqiqotchilar o’zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar. UJICY professorlari va mehmonlar o’zaro bilim almashdilar va faol muhokamalar o’tkazdilar.
Ushbu konferensiya Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti hamda JICA bilan birgalikda tashkil etildi.
4E - Yer, Atrof-muhit, Energetika va muhandislik degan ma'noni anglatadi, ularning barchasi mamlakatimizning barqaror rivojlanishi uchun jiddiy masala hisoblanadi.
Shu mavzu doirasida 4-Xalqaro konferensiya UJICYda keyingi yili bo’lib o’tadi.