Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bosh direktori Farhod Jumayev, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Sardor Donayev hamda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Saidmurad Niyazbekovlar “Tadqiqot institutlarini boshqarishda innovatsion yondashuv” loyihasi doirasida Yaponiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya a’zolari Yaponiyaning Tokio shahridagi Vadorodni rivojlantirish doirasida tashkil etilgan muzeyga tashrif buyurdi. Muzeyda Tokio shahrida 2020-yilgacha bo‘lgan vadorodni rivojlantirish bo‘yicha strategiya bilan tanishildi.