Home/Новости/YAPONIYANING JICA AGENTLIGI BILAN HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLANADI

YAPONIYANING JICA AGENTLIGI BILAN HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLANADI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bosh direktori Farhod Jumayev, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Sardor Donayev hamda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Saidmurad Niyazbekovlar “Tadqiqot institutlarini boshqarishda innovatsion yondashuv” loyihasi doirasida Yaponiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya a’zolari Yaponiyaning JICA (Japan International Cooperation Agency) agentligi bosh ofisiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, JICA agentligining bosh direktori o‘rinbosari UEDA Daisuke bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi hamda JICA tomonidan bajarilayotgan loyihaning I-fazasida amalga oshirilgan hamkorlik aloqalari natijalari hamda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar va loyihaning II-fazasini davom ettirishni ta’kidlab o‘tdilar.

Shu bilan birga, JICA agentligi bilan hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, ta’lim jarayoniga o‘qituvchi ko‘ngillilarni jalb etish, jumladan, qisqa muddatli o‘quv dasturlari va kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv ta’lim yo‘nalishida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda alohida turtki beradigan yuksak saviyada bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: JICA - rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy, ijtimoiy o‘sish bo‘yicha ko‘maklashadigan va xalqaro hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan hukumat agentligi hisoblanadi.

photo_2023-12-19_21-43-39

photo_2023-12-19_21-43-41

photo_2023-12-19_21-43-43

UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi