UJICYga Nagoya universitetidan janob Akinari Hoshino, Tsukuba universitetidan janob Ryusuke Oba, Kansai universitetidan xonim Yoshiko Ikeda lar tashrif buyurishdi. Uchrashuvda onlayn ta'limni qo'llab-quvvatlaydigan Yaponiyaning xalqaro ta'lim almashuvini rivojlantirish uchun yangi platforma bo'lgan Japan Virtual Campus haqida ma'lumot berildi. Ushbu platforma Yaponiyaning ta'lim, madaniyat, sport va fan vazirligi tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va ta'lim muassasalari bilan bir qatorda kompaniyalar va tashkilotlar o'zlarining maxsus maydonlari orqali ma'lumot tarqatish va tadqiqot natijalarini taqdim etish va joylash uchun onlayn platforma hisoblanadi.
Batafsil ma'lumot uchun quyidagi saytni ko'ring.
https://www.jv-campus.org/en/
Kelajakda, UJICY ham Japan Virtual Campusda, yapon tilida faoliyat natijalarini tarqatish va tadqiqot natijalarini taqdim etishni ko'rib chiqadi.