Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ko‘magida amalga oshirilayotgan “Zamonaviy innovatsion markazlar-2022” loyihasi doirasida Germaniyaning nufuzli “Halle” texnoparklari va “Vaynberg kampus texnoparklari” rahbarlari O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga tashrif buyurishdi.
Nemis mutaxassislari markazda tashkil etilgan laboratoriyalar, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, hamkorlikni yanada rivojlantirish, innovatsion loyihalarni, jumladan, fan va texnikaning yangi yo‘nalishlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Yosh olim Murod Sobirov Markazning 3D bosib chiqarish va modellashtirish yo‘nalishidagi yutuqlari haqida gapirdi.