2025-yil 14-oktabr kuni INNOTEXNO PARKda Xalqaro standartlar kuni munosabati bilan sanoat, energetika, metrologiya hamda axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi - ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, sifat menejmenti tizimlarini takomillashtirish, xalqaro ISO standartlarini amaliyotga keng tatbiq etish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
![]()
Ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarish jarayonlarini standartlashtirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda innovatsion boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish borasida samarali taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
![]()
Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi ham faol ishtirok etib, o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini namoyish etdi. Markaz mutaxassislari “Energetika”, “Mashinasozlik va materialshunoslik”, “Konchilik ishi va mineral xom ashyolarni chuqur qayta ishlash”, shuningdek “Kimyo va neft kimyosi” yo‘nalishlarida yangi avlod ilmiy ishlanmalar, ilg‘or texnologik yechimlar va amaliy loyihalarni taqdim etdilar.
![]()
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va texnologik rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi.
![]()
Mazkur tadbir nafaqat ishlab chiqarish sohasida sifat va raqobatbardoshlikni oshirish, balki mamlakatning innovatsion ekotizimini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirishga xizmat qilmoqda.