s6
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa/Yangiliklar/Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi hamda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi hamda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

JPG043 1

 

2025-yil 6-avgust kuni Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi hamda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Imzolangan hujjatning maqsadi — O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, shuningdek, Yaponiyaning universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan tibbiyot sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qatoriga qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy maqolalarni nashr qilish, tibbiy fan va amaliyot sohasida tajriba almashish, shuningdek, yosh mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish kiradi.

Mazkur memorandum sog‘liqni saqlash tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashga qaratilgan xalqaro ilm-ta’lim hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

JPG036 2

JPG026

JPG057

JPG066

photo_2025-08-06_10-47-23

JPG019