E’lon!
Hurmatli olimlar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari!
Sizni “Energetika - Yer - Atrof-muhit va Muhandislik” mavzusidagi
5-chi Xalqaro Ilmiy Anjumanga taklif etamiz.
📅 O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 4-5-dekabr
📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2b-uy
Mazkur xalqaro ilmiy anjumanda energiya samaradorligi, ekologik muvozanatni saqlash, barqaror rivojlanish, muhandislik innovatsiyalari va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishlarida ilg‘or ilmiy yondashuvlar, yangi tadqiqot natijalari hamda texnologik yechimlar muhokama qilinadi.
Tadbir doirasida mahalliy va xorijiy olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda sanoat vakillari o‘z ilmiy ishlanmalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
👉 Anjumanning maqsadi - zamonaviy energiya tizimlari, ekologik barqarorlik va muhandislik sohalarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi ilmiy g‘oyalar almashinuviga zamin yaratishdir.
Barcha qiziquvchi ilmiy xodimlar va talabalarga ishtirok etish uchun ariza topshirish taklif etiladi.
📩 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe5PcKLVF1PWoDz9BkzG4Jo5hl41qJVZ-2G2zs2yQ40m1PxXQ/viewform?usp=publish-editor