Tadbirni O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha director o‘rinbosari Sunnatulla Aliyev hamda JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi nomidan rahbar o‘rinbosari Mishima Kendji ochib berdilar.
Anjumanda energiya samaradorligi, ekologik barqarorlik, yer resurslarini boshqarish va muhandislik innovatsiyalariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Yaponiyadan kelgan yetakchi olimlar - Hajime Miki, Hideki Shimada, Toshinori Matsushima, Yuichi Sugai, Nobutoshi Nawa o‘z ilmiy ishlanmalarini taqdim etdilar.
Mahalliy ilmiy jamoa vakillari - Ismailova Oksana, To‘raxo‘jaev Nodir, Matkarimov Sokhibjon, Daminova Shahlo - ham o‘z sohalaridagi tadqiqotlar bilan ishtirok etdilar. Tashrif buyurgan xorijiy ekspertlar - Philippe M. Heynderickx, Aiperi Asanbek Kyzy, Roman Kalmatov, Alireza Ranjbari, Soumya Ranjan Mishra, Gde Pandhe Wisnu Suyantara va Shan Peng - global ilmiy jarayonlar yuzasidan o‘z qarashlarini bildirdilar.
Konferensiya O‘zbekistonning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi mavqeini mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarning ilmiy jarayonlarda faol ishtirokini kengaytirish va innovatsion yechimlarni ilgari surishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.