Markazda 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi hamda 2026-2028-yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tasdiqlashga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Markaz direktor o‘rinbosari Sunnatilla Aliyev ochib berib, jamoa shartnomasi ijrosining ahamiyati, xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
![]()
Shundan so‘ng Markaz kasaba uyushma qo‘mitasi raisi S. Qurbonov so‘zga chiqib, 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etdi. Hisobotda xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirish hamda jamoa shartnomasida belgilangan majburiyatlarning bajarilish holati atroflicha yoritildi.
![]()
Yig‘ilish davomida 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilinib, unda xodimlarning huquq va manfaatlarini yanada mustahkamlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy kafolatlarni kengaytirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Yakunda yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan yangi jamoa shartnomasi ma’qullanib, belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.