s6
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa/Yangiliklar/NAVOIY VILOYATIGA TASHRIF

NAVOIY VILOYATIGA TASHRIF

Joriy yilning 8-9-aprel kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi delegatsiyasi “Gidro Stanko Servis” MChJ taklifiga binoan Navoiy viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.

stanko

Markazning ilmiy ishlarni tijoratlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari S. Aliyev boshchiligidagi delegatsiya hududdagi yirik sanoat korxonalaridan biri - “Gidro Stanko Servis” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda korxona texnik bazasi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

stanko 3

Uchrashuvlar jarayonida tomonlar o‘rtasida shakllangan hamkorlik doirasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarning samaradorligi alohida qayd etildi. Shuningdek, Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar yuzasidan korxona mutaxassislariga taqdimot o‘tkazildi.

stanko 2

Tashrif doirasida universitetlar va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar mazkur muloqotni fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim qadam sifatida baholadilar.

stanko 1

Tashrif yakunida Markaz hamda “Gidro Stanko Servis” MChJ o‘rtasida o‘zaro uzoq muddatli anglashuv hamkorlik memorandumi imzolandi.

Сайт не оплачен Изображение
Сайт временно не обслуживается
Если вы владелец сайта, свяжитесь с разработчиком для возобновления его работы
Связаться с поддержкой