Joriy yilning 12-mart sanasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga Yaponiyaning Atrof-muhit vazirligi (MOEJ), Global atrof-muhit ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Kentaro Doi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
![]()
Uchrashuv jarayonida delegatsiya a’zolariga Markazda amalga oshirilayotgan ilmiy va amaliy ishlar, jumladan, O‘zbekiston hamda Yaponiyaning yirik tashkilot va korxonalari, nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda turli xil xalqaro va mahalliy loyihalar, qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar hamda ta’lim dasturlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
![]()
Shuningdek, Markazning yosh olim va mutaxassislari tomonidan ilmiy laboratoriyalardagi mavjud zamonaviy jihozlardan foydalangan holda, sanoat tarmoqlaridan chiqadigan oqova suvlarni qaytadan foydalanish uchun tozalash, PM2,5 bo‘yicha havo tarkibidagi kimyoviy elementlarni kompleks aniqlash, Yaponiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “SATREPS-H2Uz” xalqaro loyihasi doirasida sanoat oqava suvlaridan vodorod olish, sanoat chiqindilaridan fotokatalitik materiallarni olish va shu bilan birga, “Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi” bilan birgalikda havodagi mikro, nano zarrachalarning tarkibi va miqdorlarini aniqlanishda bajarilayotgan amaliy ishlar hamda kelgusida Yaponiyaning Keyo universiteti bilan hamkorlikda Ekologiya va atrof-muhit yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro loyiha yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.
![]()
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Markazda mavjud laboratoriyalar va faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy xodimlar bilan yaqindan tanishib, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan samimiy muloqot qilindi. Laboratoriyalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganligi va imkoniyatlari hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari janob Kentaro Doi tomonidan yuqori baholanib, tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli hamkorlik loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdilar.