s6
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa/Yangiliklar/O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va Buxoro viloyati OTMlari integratsiyasi: Fan, texnologiya va sanoat uyg‘unligida yangi bosqich

O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va Buxoro viloyati OTMlari integratsiyasi: Fan, texnologiya va sanoat uyg‘unligida yangi bosqich

2026-yilning 6-7-yanvar kunlari O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi delegatsiyasi Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi.

  BUXORO 1 BUXORO 13 BUXORO 8

Joriy yilning 6-yanvar kuni Markaz delegatsiyasi Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat texnika universitetining tabiiy va aniq fanlar, energetika, mashinasozlik va materialshunoslik, konchilik ishlari hamda sanoat texnologiyalari yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, yosh olim va ilmiy izlanuvchilarga Markazda amalga oshirilayotgan ilmiy va amaliy ishlar yuzasidan to‘liq ma’lumotlar taqdimot orqali berildi.

BUXORO 15  Buxoro 0001 BUXORO 4

Kelajakda mazkur oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda nazariy va amaliy ishlarni tashkillashtirish maqsadida, uzoq muddatli anglashuv memorandumlari imzolandi. 

BUXORO 7   BUXORO 00015

Shuningdek, joriy yilnig 7-yanvar kuni delegatsiya Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, kelgusida institutning biotexnologiya, kimyo, tibbiy texnika va innovatsion tibbiyot yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, uzoq muddatli anglashuv memorandumi imzolandi.

BUXORO 003 BUXORO 002 BUXORO 008

Mazkur tashriflar, ikki tomonlama manfaatli bo‘lishiga hamda yosh olimlarning salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.