2026-yilning 9-yanvar sanasida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga “Amerika fiziklari” uyushmasi a’zosi, AQSHning Texas shtati, Dallas shahrining Texas universiteti huzuridagi “Nanotexnologiya” instituti direktorining o‘rinbosari, Rossiya milliy tadqiqot universitetining “Gibrid nanofotonika va optoelektronika” laboratoriyasi hamrahbari, nanomateriallarning xususiyatlari va amaliy qo‘llanishini o‘rganish sohasidagi amaliy ishlar muallifi hamda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni sohibi fizika-matematika fanlari doktori Anvar Abdulaxadovich Zaxidov tashrif buyurdi.
![]()
Uchrashuvda Markazda faoliyat yuritayotgan “Energetika” laboratoriyasida kvant optikasi va optik materiallar ustida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishib, o‘zining polimerdan fulleren S60 ga fotoinduksiyalangan zaryad o‘tkazilishi bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari hamda xalqaro loyihalari bilan o‘rtoqlashdi.
![]()
Uchrashuv so‘ngida, Markaz bilan hamkorlikda turli xil xalqaro darajadagi loyihalarni amalga oshirish hamda vebinar, trening va shu kabi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.