Bugun 4-mart sanasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, ustozlar hamda ilmiy-tadqiqotchi yosh olimalarga bag‘ishlandi.
![]()
Tadbir davomida ayollarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, xususan, ilm-fan, innovatsiya va ta’lim sohasidagi salmoqli hissasi alohida ta’kidlandi. So‘zga chiqqanlar tomonidan markaz faoliyatida samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlarga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi.
![]()
Markaz rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan fidokorona mehnat qilayotgan xodimalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu e’tibor va ehtirom bayramona kayfiyatni yanada ko‘tarib, jamoada iliq muhitni mustahkamladi.
![]()
Mazkur tadbir xotin-qizlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini yana bir bor e’tirof etish hamda yosh avlodni ilmiy-innovatsion faoliyatga ruhlantirishga xizmat qildi.