s6
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa/Yangiliklar/O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga Teikyo universiteti delegatsiyasining tashrifi

O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga Teikyo universiteti delegatsiyasining tashrifi

Joriy yilning 11-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri - Teikyo universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga universitet professori Kazuya Yamauchi boshchilik qildi.

Teikyo 03 Teikyo 04

ashrif davomida mehmonlar markazda amalga oshirilayotgan innovatsion va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, ular markaz laboratoriyalari, zamonaviy ilmiy infratuzilma hamda yosh tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishib chiqdi.

Teikyo 08 Teikyo 10 

Uchrashuv jarayonida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda innovatsion tadqiqotlar yo‘nalishida tajriba almashish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

12 te 13

Muloqot yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli ilmiy va innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Сайт не оплачен Изображение
Сайт временно не обслуживается
Если вы владелец сайта, свяжитесь с разработчиком для возобновления его работы
Связаться с поддержкой