Bugun “Oʻzbekiston Texnologik Metallar Kombinati” AJ (OʻzTMK AJ) mutaxassislari Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga tashrif buyurishdi.
![]()
Tashrifning asosiy maqsadi - mashinasozlik va materialshunoslik, shuningdek konchilik va mineral xomashyolarni chuqur qayta ishlash yoʻnalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish, ilmiy-texnik tajriba almashish va qo‘shma innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
![]()
Uchrashuv davomida tomonlar o‘z faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishib, yosh olimlar tomonidan yaratilayotgan innovatsion ishlanmalar va zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
![]()
OʻzTMK AJ vakillari texnologik metallarni qayta ishlash, yangi avlod qotishmalarini yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-texnik faoliyat haqida maʼlumot berishdi.
![]()
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik memorandumini imzolash hamda istiqbolda qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish borasida kelishuvga erishdilar.
![]()
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu tashrif innovatsion hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lib, texnologik metallarni qayta ishlash, yangi yechimlar yaratish va ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.