s6
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa/Yangiliklar/“SATREPS-H2Uz” XALQARO LOYIHASI DOIRASIDA YAPONIYALIK MUTAXASSIS ISHTIROKIDA NAVBATDAGI ILMIY SEMINAR

“SATREPS-H2Uz” XALQARO LOYIHASI DOIRASIDA YAPONIYALIK MUTAXASSIS ISHTIROKIDA NAVBATDAGI ILMIY SЕMINA

2026-yilning 18-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (Markaz)da Yaponiya hukumatining “SATREPS” xalqaro jamg‘armasi doirasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida Vodorod energiyasini innovatsion texnologiyalar yordamida yaratish” mavzusidagi 2024-2029-yillarga mo‘ljallangan “SATREPS-H2Uz” xalqaro loyihasida amalga oshirilgan, bajarilayotgan va kelgusida rejalashtirilgan ilmiy-amaliy ishlar yuzasidan, loyihaning asosiy tadqiqotchilaridan bo‘lgan Kyushu universiteti professori Yu. Sugai ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi.

seminar 2

Seminarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Kimyo fakulteti yosh tadqiqotchilari va doktorantlari hamda Markaz ilmiy xodimlari va laborantlari tinglovchi sifatida qatnashdilar. Seminar davomida prof. Yu. Sugai hamda Markazning “Konchilik ishi va mineral xomashyolarni chuqur qayta ishlash laboratoriyasi mudiri B. Daniyarov tomonidan tinglovchilarga O‘zbekiston sharoitida Vodorod energiyasini ishlab chiqarish, innovatsion texnologiyalar yordamida olish texnologiyalari hamda amalga oshirilgan va davom etayotgan jarayonlar to‘g‘risida axborot berilib, taqdimot qilindi.

seminar 1 seminar 3

Seminar davomida taqdim qilingan ma’lumotlar va loyihaning kelgusida rejalashtirilgan bosqichlari hamda ijobiy yakuni istiqbollari yuzasidan tinglovchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, loyihaning istiqbollari yuzasidan ijobiy fikrlar bildirildi.

seminar 4 seminar 5

Сайт не оплачен Изображение
Сайт временно не обслуживается
Если вы владелец сайта, свяжитесь с разработчиком для возобновления его работы
Связаться с поддержкой