
🌍 Xalqaro hamkorlik sari yana bir qadam!
Bugun markazimizga Amerikaning mashhur USGS (United States Geological Survey) kompaniyasi vakili tashrif buyurdi. 🇺🇸
🤝 Uchrashuv davomida ikki tomonlama ilmiy hamkorlik imkoniyatlari, qo‘shma loyihalar va yangi tashabbuslar haqida fikr almashildi.
🔬 Mehmonimiz markazimiz faoliyati, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarimiz va olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.
💡 Bunday uchrashuvlar ilm-fan va innovatsiyalar rivojida muhim bosqich bo‘lib, bizning xalqaro miqyosdagi aloqalarimizni mustahkamlashga xizmat qiladi.
✨ Markazimiz kelgusida ham ochiq muloqot, hamkorlik va yangi g‘oyalar almashinuvi orqali ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishda davom etadi.
![]()
![]()
![]()
![]()