2026-yil 3-iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (UJICY)ga dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri - City University of Hong Kong vakillaridan tarkib topgan delegatsiya tashrif buyurdi. Mazkur universitet xalqaro Top-1000 universitetlar reytingida 63-o‘rinni egallab, ilm-fan, innovatsiyalar va texnologik tadqiqotlar sohasidagi yutuqlari bilan dunyo miqyosida tan olingan.
![]()
Tashrifning asosiy maqsadi Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda ilmiy-tadqiqot, istiqbolli xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga Markazning zamonaviy ilmiy laboratoriyalari, innovatsion loyihalari, yosh olimlar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlari hamda xalqaro hamkorlik tajribasi haqida batafsil ma’lumot berilib yaqindan tanishtirildi.
![]()
Alohida ta’kidlash joizki, City University of Hong Kong muhandislik, sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, energetika, atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida yetakchi ilmiy markazlardan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur tashrif Markaz uchun xalqaro ilmiy hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
![]()
Uchrashuv yakunida delegatsiyan a’zolari Markazning ilmiy faoliyatiga hamda kelgusidagi ishlariga omad va rivoj tiladilar.