s6
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa/Yangiliklar/YAPONIYANING XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI (JICA) DELEGATSIYASINING MARKAZ (UJICY)GA TASHRIFI

YAPONIYANING XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI (JICA) DELEGATSIYASINING MARKAZ (UJICY)GA TASHRIFI

Joriy yilning 11-iyun sanasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi tayinlangan direktori Sakai Mamoru boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.  

03 04 05

Uchrashuv avvalida Markaz rahbariyati tomonidan janob Sakai Mamoruga Markazning ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Yaponiyaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik o‘rnatishda yaqindan ko‘rsatayotgan ko‘magi va qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chuqur minnatdorligini bildirdi.

06 07 08

Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga Markaz to‘g‘risida umumiy ma’lumot, jumladan, faoliyat yuritayotgan laboratoriyalar, ilmiy xodimlar, Yaponiyaning TOP universitetlarida tahsil olib kelib, Markazda ilmiy faoliyatini davom ettirayotgan yosh tadqiqotchilar hamda JICA ko‘magidagi “Texnik hamkorlik loyihasining II-bosqichi”, “SATREPS-H2Uz” kabi xalqaro loyihalar doirasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, undan tashqari hozirda davom etayotgan mahalliy loyihalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

09 10 11

Shuningdek, Yaponiyaning TOP OTMlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro loyihalar va mahalliy qo‘shma tanlovlar va ularni qo‘lga kiritish bo‘yicha jarayondagi chora-tadbirlar to‘g‘risida ham axborotlar taqdim etildi.

12 13 14

Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari Markaz laboratoriyalari va ulardagi zamonaviy jihozlar bilan tanishtirilib, ushbu jihozlarda bajarilayotgan ishlar, tahlillar yuzasidan yosh ilmiy xodimlar bilan muloqotlar qilindi.

15 001 02

Uchrashuv so‘ngida janob Sakai Mamoru Markazda samimiy kutib olingani uchun minnatdorlik bildirdi hamda bajarilayotgan ishlar va amalga oshirilayotgan loyihalar Markazning ilmiy faoliyatiga katta xissa qo‘shishini va orttirilgan tajribalar mahalliy OTMlaridagi ilmiy izlanuvchilar uchun yuqori darajadagi malaka maktabi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab, bu bo‘yicha JICA vakolati doirasida har tomonlama hamkorlik qilishga va qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Сайт не оплачен Изображение
Сайт временно не обслуживается
Если вы владелец сайта, свяжитесь с разработчиком для возобновления его работы
Связаться с поддержкой