Joriy yilning 8-yanvar kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Tojikiston Respublikasidagi vakolatxonasining vakili janob Nishio Masaya O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga tashrif buyurib, qo‘shni davlatda JICA vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot taqdim etdi.
![]()
Shuningdek, JICAning Tojikiston milliy universiteti hamkorligida tuzilgan “JICA Chair” dasturi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib, mazkur dastur doirasida Tojikistonning bir qator oliy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat guruhni joriy yilning fevral oyida Yaponiya davlatiga qisqa muddatli malaka oshirish kursining dasturini taqdim etdi. Shu bilan birga, Tojikiston delegatsiya a’zolarining xizmat safari davomida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga ham tashriflarini tashkillashtirish masalasini ko‘tardi.
![]()
Markaz qo‘shni davlat oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida, ushbu rejalashtirilayotgan tadbirni qo‘llab-quvvatlab, kerakli chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.