Laboratoriya mudiri, kimyo fanlari falsafa doktori (PhD)
Hozirgi lavozimlar
· Laboratoriya boshlig‘i, Mineral resurslarni qazib olish va chuqur qayta ishlash
O‘zbekiston-Yaponiya Yoshlar Innovatsiya Markazi (UJICY), Toshkent, O‘zbekiston
· Ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti, O‘zbekiston
Tadqiqot yo‘nalishlari
· Mineral resurslarni tahlil qilish va qayta ishlash
· Mineral resurslarni qazib olish va chuqur qayta ishlash
· Flotatsiya va ajratish texnologiyalari
· Sanoat va tog‘-kon chiqindi suvlarini tozalash
· Siyanid va tiotsianatni olib tashlash texnologiyalari
· Noyob va muhim elementlarni chiqarish
· Yashil va ko‘k vodorod texnologiyalari
· Metallurgiyada atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan reagentlar
· Uran chiqarish jarayonlari
· Tog‘-kon sanoati va metallurgiyada barqaror va innovatsion texnologiyalar
Ta’lim
· Kimyo bo‘yicha PhD (2024–2025)
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
· Magistr daraja (2021–2023)
Kyushu University, Fukuoka, Yaponiya
· Bakalavr daraja (2016–2020)
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
Kasbiy tajriba
· Dekabr 2025 – hozirgi vaqtgacha
Laboratoriya boshlig‘i, Mineral resurslarni qazib olish va chuqur qayta ishlash
O‘zbekiston-Yaponiya Yoshlar Innovatsiya Markazi
· May 2025 – hozirgi vaqtgacha
Ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti
· May 2023 – Dekabr 2025
Tadqiqot muhandisi
O‘zbekiston-Yaponiya Yoshlar Innovatsiya Markazi
· Sentabr 2017 – Avgust 2020
Bosh direktor
“Caesium” Ta’lim markazi, Toshkent, O‘zbekiston
Tadqiqot loyihalari
· SATREPS H2.UZ loyihasi (2024 – hozirgi vaqtgacha)
Yashil va ko‘k vodorodni samarali ishlab chiqarish uchun innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha yuqori samarali loyiha. Mintaqaviy sanoat va ekologik xususiyatlarni hisobga olgan holda uglerod neytral jamiyatni yaratishga qaratilgan.
· Navoiy kon-metallurgiya kompaniyasi loyihasi (2023 – 2024)
Oltin qazib olish va metallurgiya korxonalarining chiqindi suvlarini siyanid va tiotsianat ionlaridan tozalash hamda ularni ishlab chiqarish jarayonlarida qayta ishlatish texnologiyalarini ishlab chiqish.
· Sumitomo Metal Mining loyihasi (2021 – 2022)
Mis kontsentratdan arsenikli minerallarni ajratish sharoitlarini optimallashtirish.
· Sumitomo Metal Mining loyihasi (2022 – 2023)
Yuoqori xalkosit tarkibiga ega Cu–Mo kontsentrati uchun flotatsiya texnikalarini o‘rganish.
· Innovatsion rivojlanish agentligi loyihasi (2023 – 2024)
Sanoat chiqindilaridan noyob elementlarni samarali ajratish uchun noorganik va organik matritsalarga asoslangan qattiq ekstraktantlarni ishlab chiqish va tadqiq qilish.
· Almalyk kon-metallurgiya kombinati loyihasi (2023 – 2024)
Cu–Mo flotatsiya jarayonlari uchun ekologik xavfsiz reagentlarni tadqiq qilish.
· Orano Mining loyihasi (2023 – 2024)
Uran chiqarish jarayonlarida ionlar taqsimotini aniqlash.