2026-yil 27–29-oktabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tgan InnoWeek–2026 — Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida O‘zbekiston–Yaponiya Yoshlar innovatsiya markazi (UJICY) munosib ishtirok etdi. “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida tashkil etilgan mazkur xalqaro tadbir ilm-fan, texnologiyalar va innovatsion rivojlanish sohasidagi ilg‘or tajribalarni namoyish etish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.