/
0
/
0
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN

Bosh sahifa

O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi haqida ma'lumot

O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi 2015-yil 25-oktabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Yaponiya hukumati o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini 2016-yildan boshlagan. Markazda to‘rtta laboratoriya, jumladan, kimyo va neft-kimyo laboratoriyasi, foydali qazilmalarni qazib olish va chuqur qayta ishlash laboratoriyasi, energetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiyani tejash laboratoriyasi, mashinasozlik va materialshunoslik laboratoriyasi mavjud. UJICY Yaponiyadagi Nagoya universiteti, Tsukuba universiteti, Teikyo universiteti, Akita universiteti, Tokio texnologiya instituti, Kyushu universiteti, Yokogama milliy universiteti kabi universitetlarning tadqiqotchilari bilan yaqin hamkorlik qiladi. 2016 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda markaz xodimlari tomonidan 350 dan ortiq ilmiy maqolalar yozildi, ularning bir qismi yapon olimlari bilan birgalikda jahonning yetakchi jurnallarida chop etildi.

Barcha yangiliklar
FOT08351
Yangiliklar
Joriy yilning 24-25 oktabr kunlari O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi delegatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari tashrif doirasida Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat texnika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lishdi.
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi delegatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi
2025-yil 9-11-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Central Asian Expo (CAEx) xalqaro ko‘rgazma markazida o‘tayotgan “InnoWeek-2025 - Ideas without borders” xalqaro innovatsiyalar haftaligida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘zining yangi ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Ushbu ko‘rgazmada markaz vakillari ham faol ishtirok etib, bir nechta muhim yo‘nalishlarda o‘z ilmiy va texnologik yutuqlarini namoyish qildi. Xususan, markaz “Energetika”, “Mashinasozlik va materialshunoslik”, “Konchilik ishi va mineral xom ashyolarni chuqur qayta ishlash” hamda “Kimyo va neft kimyosi” yo‘nalishlarida ilg‘or ishlanmalari, innovatsion texnologiyalar va jihozlari hamda yangi avlod ilmiy ishlari bilan ishtirok etdi.
Innovatsiyalar haftaligi: O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi “InnoWeek–2025-Chegarasiz g‘oyalar” ko‘rgazmasida.
Barcha yangiliklar
Laboratoriyalar
FOT08110
Energiya laboratoriyasi
Подробнее
img_20220406_200418_892
Mashinasozlik va materialshunoslik laboratoriyasi
Подробнее
photo_2022-04-07_23-15-27
Konchilik ishi va mineral xom ashyolarni chuqur qayta ishlash laboratoriyasi
Подробнее
FOT08357
Kimyo laboratoriyasi
Подробнее
/
4
/
4
Bizning hamkorlarimiz
Свяжитесь с нами
Мы ответим на любой интересующий Вас вопрос
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Строка ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Область ввода:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена