s6
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa/Yangiliklar/Intertek Baku HTP Laboratory mutaxassislari UJICYga tashrif buyurdi

Intertek Baku HTP Laboratory mutaxassislari UJICYga tashrif buyurdi

2026-yil 7-oktyabr kuni O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga (UJICY) Ozarbayjon Respublikasining Intertek Baku HTP Laboratory kompaniyasi mutaxassislari tashrif buyurdi.

intertek 1 intertek 3

Tashrif davomida Markaz va Intertek Baku HTP Laboratory o‘rtasida laboratoriya faoliyatini rivojlantirish, yosh olimlar va tadqiqotchilarning zamonaviy laboratoriya uskunalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro talablar asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

intertek 5 intertek 2

Uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun zamonaviy laboratoriya jihozlaridan foydalanish, ulardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, laboratoriya tadqiqotlarini rejalashtirish hamda tadqiqot natijalarini xalqaro standartlar asosida rasmiylashtirish bo‘yicha qo‘shma o‘quv-amaliy dasturlarni tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

intertek 4 intertek 6

Shuningdek, istiqbolda O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilarni Ozarbayjondagi Intertek laboratoriyasida qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka dasturlariga jalb etish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro laboratoriya tajribasini o‘zlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

intertek 7 intertek 9

Tomonlar mazkur hamkorlik yosh tadqiqotchilarning laboratoriya kompetensiyalarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ilmiy-amaliy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

intertek 8

Tashrif yakunida laboratoriya sohasida qo‘shma treninglar, malaka oshirish va stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kelgusida boshqa ilmiy va amaliy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.