O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (UJICY) hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan, 2023-yil 14-noyabr kuni mahalliy konchilik va metallurgiya korxonalari vakillari bilan onlayn uchrashuv yakuni bo‘yicha korxonalar bilan bevosita uchrashuvlar tashkillashtirilishiga kelishib olingan.
2023-yil 29-noyabr kuni “Navoiyuran” DK malakali xodimlari UJICY ga tashrif buyurgan holda markaz ilmiy salohiyati bilan tanishishdi. Uchrashuv davomida kombinat xodimlarini markazda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va istiqbolda Yaponiya davlatida qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Hamda kombinat va markaz o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik doirasida quyidagi mavzular bo‘yicha rejalar muhokama qilindi: