Bosh sahifa/Новости/O’zbekiston Vodorod loyihasi bilan Yaponiyaning Ilm-Fan va Texnologiyani rag’batlantiruvchi fondi SATREPS ni yutib oldi

O’zbekiston Vodorod loyihasi bilan Yaponiyaning Ilm-Fan va Texnologiyani rag’batlantiruvchi fondi SATREPS ni yutib oldi

O‘zbekiston-Yaponiya Yoshlar Innovatsion Markazi (UJICY), Yaponiyaning Kyushu Universiteti (KU) va uning tegishli muassasasi, International Institute for Carbon-Neutral Energy Research (I2CNER, Karbon-neytral energiya tadqiqotlari Xalqaro Instituti) birgalikda “SATREPS” (Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiya tadqiqotlari hamkorligi) dasturiga sazovor bo‘ldi. Bu global muammolarni hal qilishga qaratilgan xalqaro qo'shma tadqiqotlarni ilgari surish uchun Yaponiya Fan va Texnologiya Agentligi (JST) va Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) tomonidan moliyalashtiriladigan Yaponiya hukumati dasturidir.

O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda Karbon neytralligiga erishish muhim milliy strategiya bo‘lib, vodorod ana shunday manbalardan biri hisoblanadi. Yaponiya anchadan beri Innovatsion Energiya Texnologiyalari hamda tajribasini O’zbekistonga yetkazishga hissa qo’shib kelmoqda. 

UJICY, KU va I2CNER Energetika vazirligi bilan yaqin aloqani yo'lga qo'ydi va allaqachon dastlabki tadqiqotlarni boshladi va quyidagi to'rt (4) ta eng zamonaviy texnologiyalarni tanlab oldi, ularning barchasi atrof-muhitga bo’lgan ta'sirini diqqat bilan ko'rib chiqadi va O'zbekistondagi mavjud resurslardan imkon qadar ko'proq foydalanadi;

(1) belgilangan joyda tashlab ketilgan neft quduqlaridan foydalangan holda vodorod ishlab chiqarish

(2) O'zbek iqlimi sharoitida Perovskit quyosh batareyalarini rivojlantirish

(3) Sanoatdan chiqindi issiqlikdan foydalangan holda bug' elektrolizi vodorod ishlab chiqarish

(4) Tog'-kon sanoati chiqindilaridan foydalangan holda fotokatalitik vodorod ishlab chiqarish

Ikki davlat oʻrtasida kelishuv tuzilganidan soʻng loyiha davom ettiriladi, loyiha besh (5) yil davom etadi va tadqiqot faoliyati, tajribaviy asbob-uskunalarni xarid qilish va Oʻzbekistonlik yosh olimlarni oʻqitish uchun 500 million yen (3.5 million AQSH dollari) ajratiladi.

Ushbu loyihada Energetika vazirligi huzuridagi Qayta Tiklanuvchi Energiya manbalari Milliy Tadqiqot Instituti, O’zbekiston Milliy Universiteti va Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti ham hamkorlik qiluvchi tashkilotlar sifatida ishtirok etmoqda. 

Loyihaning maqsadi, loyiha O’zbekiston hukumatiga vodorod ishlab chiqarish bo’yicha texnik takliflarni iqtisodiy baholash bilan ta’minlash va mamlakatni kelajak vodorod jamiyatiga olib boradigan kadrlar resurslarini yaratishdan iboratdir.

20230622_230503

UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi