Bosh sahifa/Новости/UJICY va JICA SATREPSni amalga oshirish bo'yicha yig'ilish bayonnomasini imzoladilar

UJICY va JICA SATREPSni amalga oshirish bo'yicha yig'ilish bayonnomasini imzoladilar

2023-yil 8-sentyabr kuni, UJICY direktori Saidmurad Niyazbekov va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ning Energetika va konchilik guruhi direktori janob Akira Sato Vodorod energiyasini tadqiq qilish doirasida SATREPS bo'yicha yig'ilish bayonnomasini imzoladilar. Ushbu Bayonnomaga muvofiq, JICA rasmiy tasdiqlash uchun ichki jarayonni boshlaydi va keyinchalik JICA va UJICY o'rtasida 2024-yildan tadqiqot loyihasini boshlash va mablag' ajratish bo'yicha yakuniy kelishuv tuziladi. 
Loyiha to'rtta texnik jabhadan iborat:
1) Neft konida in-situ (belgilangan joy) da vodorod ishlab chiqarish;
2) Bug'li elektroliz orqali vodorod ishlab chiqarish;
3) Perovskit quyosh batareyasi;
4) Vodorod uchun yangi fotokatalitik.

IMG_0349

IMG_0346

img_0347.jpg

IMG_0350

UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi