Kimyo fanlari doktori Zuxra Chingizovna Qodirova 1992-yil Toshkent Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida koordinatsion kimyo yo‘nalishi bo‘yicha, 2003-2004 yillarda Tokio texnologiya institutida tadqiqotchi stajyor bo‘lib, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun materiallar yaratish bo‘yicha tadqiqotini davom ettirdi. U JSPS-RONPAKU stipendiyasi va Tokio Texnologiya Institutida 2014-yil professor Kyoshi Okada rahbarligida faollashtirilgan uglerod asosidagi ekologik funktsional materiallarni olish va ularning adsorbsion va fotodegradatsiya xususiyatlarini tadqiq qilish sohasida PhD darajasini oldi. 2017-yil Toshkent kimyo-texnologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti lavozimida ishlab yurgan vaqtida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktorining ilmiy ishlar va kompaniya va korxonalar bilan hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2018-yilda O‘zbekistonda muhandislik va texnologiya tadqiqotlari sohasida eng yaxshi tadqiqotchilardan biri sifatida Scopus mukofoti bilan taqdirlangan , 2020-yilda O‘zbekiston Milliy universitetida noorganik va fizik kimyo yo‘nalishida fan doktori dissertatsiyasini himoya qilgan va metall oksidi va metall komplekslari organik kislotalar va N-geterotsiklik ligandlar hosilalari asosidagi sorbsion va fotokatalitik materiallar ustida tadqiqotlar olib borgan.
Uning hozirgi tadqiqot yo'nalishi koordinatsion kimyo, fotokataliz va zamonaviy oksidlanish texnologiyalari, suvni tozalash, qayta ishlash va chiqindilardan yangi materiallar olishdir.