s6
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa/Yangiliklar/Markaziy Osiyo xalqaro forumi: Resurslar, energiya va atrof-muhit 2025

Central Asian International Forum on Resources, Energy and Environment in Tashkent, Uzbekistan 2025

photo_2025-08-04_11-01-40

2025-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi Yaponiyaning Akita universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo xalqaro forumi: Resurslar, energiya va atrof-muhit 2025”ni o‘tkazdi.

Forumda ertalab O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari o‘rtasidagi almashinuvni rag‘batlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston-Yaponiya universitetlararo sessiyasi” bo‘lib o‘tdi. Tushdan keyin Markaziy Osiyodagi “SATREPS”* loyihalari bo‘yicha o‘zaro muhokamalar va ko‘p tomonlama almashinuvlar o‘tkazildi.

Forumda Yaponiyaning JICA, JST tashkilotlari, Akita universiteti, Xokkaydo universiteti, Kyushu universiteti, Nagoya universiteti, Kioto universiteti, Tokio fan instituti (NIMC) vakillari, Qozog‘iston Respublikasi Nazarboyev universiteti vakillari, shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti, Geologiya fanlari universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti kabi muassasalardan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda yosh olimlar, professorlar, o‘qituvchilar va qiziqqan mutaxassislar Markaziy Osiyo mintaqasida tabiiy resurslardan samarali foydalanish, barqaror energiya manbalariga o‘tish, shuningdek, zamonaviy ekologik muammolar va ularni hal qilish yo‘llari bo‘yicha asosiy jihatlar va istiqbollarni muhokama qildilar.
Markaziy Osiyoda umumiy muammolar mavjudligi sababli, mintaqada loyihalarni ilgari surish uchun hamkorlik aloqalarini o‘rnatish muhimligi ham tasdiqlandi.


*SATREPS (Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiya tadqiqot hamkorligi) – Yaponiya hukumati tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar bilan xalqaro qo‘shma tadqiqotlarni rag‘batlantirish dasturidir. Yaponiya ilg‘or fan va texnologiyalarini rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlari bilan birlashtirgan qo‘shma tadqiqot loyihalari orqali global muammolarni hal qilishga qaratilgan. Bu Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Fan va texnologiya agentligi (JST) hamkorligida amalga oshiriladi. UJICY Kyushu universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistonning mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda uglerod neytral jamiyatini yaratish uchun samarali va innovatsion yashil va ko‘k vodorod ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha “H2 UZ” loyihasini ilgari surmoqda.

photo_2025-08-04_17-20-43

photo_2025-08-04_09-35-37

photo_2025-08-04_09-51-10

photo_2025-08-04_09-31-49

photo_2025-08-04_17-20-43 (2)

photo_2025-08-04_17-20-44

photo_2025-08-04_17-21-14

photo_2025-08-04_17-21-15