s6
photo_2021-11-16_17-49-40
UJICY
O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi
UZ
RU UZ EN
Bosh sahifa/Yangiliklar/O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida diplomatik uchrashuv

O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida diplomatik uchrashuv

Joriy yilning 28-yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muxsinxo‘ja Abduraxmonov yaponiyalik mutaxassislar birgalikda O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markaziga diplomatik tashrif bilan keldi.

001

Uchrashuv davomida Elchiga markazning ilmiy-texnik salohiyati, ustuvor yo‘nalishlari va yoshlar innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari taqdim etildi. Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi doirasidagi strategik hamkorlik vazifalariga mos ravishda tashkil etildi.

004

Elchi markazning mamlakat va xalqaro miqyosdagi ilmiy-texnik hamkorlikdagi amaliy ishlarda o‘rni katta ahamiyat kasb etilishini alohida ta’kidladi.

005

Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

003

Markaz kimyo, energetika, foydali qazilmalarni qayta ishlash va materialshunoslik sohalarida zamonaviy laboratoriya infratuzilmasi bilan yosh olimlarga qulay ilmiy izlanish sharoitini taqdim etadi.